Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar jamoalari bilan birga yurtimiz akademik litsey va maktab oʻquvchilaridan iborat Oʻzbekiston jamoasi ham ishtirok etdi.
Ikkita nazariya turda oʻtkazilgan 54-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida oʻzbekistonlik yoshlar munosib qatnashib, gʻoliblar qatoridan oʻrin oldi.
Jumladan, TPTI akademik litseyi oʻquvchisi Mirumid Mirakbarov xalqaro olimpiadada gʻalaba qozonib, shu kunga qadar kimyo fanidan yurtimiz jamoasi qoʻlga kiritgan medallar qatoriga 10-oltin medalni olib keldi.
Qolaversa, ushbu litsey oʻquvchilari Dilshodaxon Isayeva, Rustam Toʻxtaboyev va TDAU akademik litsey oʻquvchisi Sobirjon Omonovlar bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarining ikki nafar oʻquvchisi ham bronza medali bilan taqdirlandi.