Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan "Shaxsiy kabinet"ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi toʻplagan bali asosida ustuvorlik boʻyicha tanlagan akademik litseyga oʻqishga qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi boʻlgan oʻquvchilar yakuniy natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega, — deyiladi xabarda.