Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlikka oid rejalar xususida fikr almashildi. 

Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi V.Fenga Toshkent tibbiyot akademiyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati boʻyicha maʼlumot berildi. Elchimiz vakolatxona faoliyatini qoʻllab-quvvatlandi. Shuningdek, kelgusida Toshkent tibbiyot akademiyasining Seuldagi vakolatxonasini kengaytirish yuzasidan takliflarini berdi. 

Akademiya rektori qator loyihalarni amalga oshirish uchun koreyalik hamkorlarni topishdagi amaliy yordami uchun elchixonaga minnatdorlik bildirdi. Bu samarali loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni bajarishga kelishib olindi.