Hozirgina erkaklar oʻrtasida -102 kg vazn toifasida bahslar oʻz nihoyasiga yetdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Joʻrayev 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda 180 kg, siltab koʻtarishda 220 kg, ikki kurash natijasiga koʻra 400 kg natijani qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi.