AKFA Universiteti Yaponiyaning yetakchi davlat oliy oʻquv yurtlaridan biri bilan hamkorlik qiladi

    Oʻzbekistonning xususiy oliy oʻquv yurti Nagoya shahar universiteti (Nagoya City University) bilan akademik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

    Oʻzbekistonning xususiy oliy oʻquv yurti Nagoya shahar universiteti (Nagoya City University) bilan akademik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

    Akademik materiallar, nashrlar va maʼlumotlar almashinuvi Oʻzbekiston va Yaponiya universitetlarining hamkorligining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻladi. Shu bilan birga AKFA Universiteti va Nagoya City University hamkorligida tadqiqot va turli simpoziumlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

    — AKFA Universiteti oʻz oldiga ulkan rejalar qoʻygan yosh oliy oʻquv yurtidir. Universitetning asosiy maqsadi mamlakatimizning yosh avlodiga sifatli taʼlim taqdim etish. Bu maqsadga erishish uchun biz dunyoning yetakchi oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytiramiz. Biz Nagoya City University bilan oʻzaro hamkorlikni boshlaganimizdan mamnunmiz. Bu hamkorlik bizga turli akademik nashrlar va tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi, — dedi AKFA Universiteti rektori Behzod Jalilov.

    AKFA Universiteti xususiy universitet boʻlib, u oʻz faoliyatini 2019-2020 oʻquv yilidan boshladi. Oliy oʻquv yurtida taʼlim jarayoni ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda Janubiy Koreyaning Gachon Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

    Hozirgi kunda Gachon Universiteti tibbiyot yoʻnalishida bakalavriat kurslarini taklif etmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab AKFA Universiteti xorijlik hamkorlari bilan yangi yoʻnalishlarni ochishni rejalashtirgan.