Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va tibbiyot sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.

AKT vaziri Sh. Shermatov Oʻzbekiston jahonning qator reytinglarida yuqori pogʻonadagi oʻrinlardan joy olayotgani hamda kelajakda Oʻzbekistonni mintaqaviy yirik IT-xabga aylantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda IT-kompaniyalar uchun qanday qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani va joriy yil oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan AKT haftaligi haqida uchrashuvda gapirib berildi hamda kompaniya vakillarini ushbu haftalikda ishtirok etishlari uchun taklif etildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.