Universitetning ilmiy salohiyati, axborot resurs markazidagi sharoitlar koʻzdan kechirildi.
AKT vaziri u yerda talabalarga taʼlim berayotgan hindistonlik oʻqituvchi-professorlar bilan ham uchrashdi.
Oʻqituvchilar bilan suhbat davomida Toshkent shahridagi Amiti universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish va taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha masalalar muhokama qilindi.
AKT vaziri ayni vaqtda universitetda boʻlayotgan qabul jarayonlariga ham toʻxtalib, dastlabki bosqich imtihonlarida hindistonlik professorlar tomonidan bevosita nazoratga olingan holda oʻtkazilayotganiga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida universitetning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, oʻquv jarayoni, lobaratoriyalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kelgusida universitetda axborot texnologiya yoʻnalishini yanada rivojlantirish, talabalar salohiyatini oshirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun:
Toshkent shahridagi Amiti universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Universitetda “Xalqaro boshlangʻich taʼlim”, “Axborot texnologiyalari bakalavri”, “Kompyuter fanlari va kompyuter injiniringi bakalavri”, “Iqtisodiyot bakalavri”, “Turizm boshqaruvi bakalavri”, “Biznes boshqaruvi bakalavri”, “Axborot texnologiyalari magistri” taʼlim yoʻnalishlarida talabalar tahsili yoʻlga qoʻyilgan.
Amiti universitetlari dunyo miqyosida 1100 dan ortiq patentlarni qoʻlga kiritgan, universitet filialarida 6 mingdan ziyod malakali professor-oʻqituvchilardan 200 mingdan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda. Universitetning dunyo boʻyicha 23 ta mahalliy va 17 ta xalqaro kampuslari mavjud boʻlib, 150 ta ilmiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.











