Aktobeda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida 5 kishi halok boʻldi, ularning 2 nafari oʻzbekistonlik

    2025-yil 7-dekabr kuni Qozogʻistonning Aktobe viloyatida “Perm-Toshkent« yoʻnalishida harakatlangan «Yutong” rusumli yoʻlovchi avtobusi yoʻl yoqasidagi ariqqa agʻdarilib ketdi.

    Oqibatda avtobusda boʻlgan 49 nafar yoʻlovchidan 5 nafari vafot etdi, ularning 2 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan.

    Bu haqda FVV axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabarga koʻra, hodisa yuzasidan ishchi guruh tuzilib, etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila aʼzolariga dafn marosimlarini oʻtkazishda har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrilmoqda.

    «Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining masʼul xodimlari Qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda«, deyiladi xabarda.