Oʻzbekiston Respublikasining ““2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ–659-son Qonuniga muvofiq quyidagi neft mahsulotlari va yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1-fevraldan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilmoqda:

Neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– 1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200 000 soʻm, 1-fevraldan – 240 000 soʻm (oʻzgarish 40 000 soʻm yoki 20%);

– 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzini: amalda – 250 000 soʻm, 1-fevraldan – 275 000 soʻm (oʻzgarish 25 000 soʻm yoki 10%);

– 1 tonna dizel yoqilgʻisi: amalda – 200 000 soʻm, 1-fevraldan – 240 000 soʻm (oʻzgarish 40 000 soʻm yoki 20%);

– 1 tonna EKO dizel yoqilgʻisi: amalda – 180 000 soʻm, 1-fevraldan – 216 000 soʻm (oʻzgarish 36 000 soʻm yoki 20%).

Yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– 1 tonna benzin: amalda – 378 480 soʻm, 1-fevraldan – 465 530 soʻm (oʻzgarish 87 050 soʻm yoki 23%);

– 1 tonna dizel yoqilgʻisi: amalda – 346 275 soʻm, 1-fevraldan – 425 918 soʻm (oʻzgarish 79 643 soʻm yoki 23%).

Yuqoridagi oʻzgarishlar Ai-80 benzini misolida koʻrilganida, AYOQSHlarda oʻrtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy toʻlovlar oʻrtacha 110 soʻmgacha (QQS bilan) boʻlgan miqdorda chakana narxiga taʼsir qilishi mumkin.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati