Kuni kecha Prezidentning Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha Qarori imzolandi.
Xorazmdagi tashrif chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi yoshlar bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda soʻzga chiqqan, Urganch shahridagi 3-sonli maktab oʻquvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolovaning mazkur universitetga qabul qilinganligi maʼlum qilindi.
U 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab toʻliq grant asosida ushbu universitetda oʻqiydi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Xiva shahridagi Prezident maktabida Shahzoda Kamolova va uning onasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida vazir Shahzodaga hamisha oʻz ustida ishlashi va harakatdan toʻxtamasligini va kelgusi ishlarida doimo muvaffaqiyat yor boʻlishini tiladi.








