Uchrashuv davomida Oʻzbekiston—Rossiya—Hindiston hamkorligidagi loyiha – afsonaviy “Ali bobo va 40 qaroqchi” filmining zamonaviy talqinini yaratish yuzasidan tashkiliy masalalar, aktyorlarni tanlash va filmning taxminiy byudjeti muhokama etildi.
Uchrashuvda suratga olinishi rejalashtirilgan kartina Ali Bobo haqidagi afsonaning birinchi qismining davomi boʻlishi va u zamonaviy talqinda suratga olinishi kerakligi taʼkidlandi.
Konferensiyada kinolentani yaratishning barcha amaliy masalalarini atroflicha oʻrganish uchun joriy yil iyul oyi boshida shaxsan uchrashish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.