Xususan, ulugʻ tarixiy shaxs Ali Qushchining qoʻlyozmalari AQSHda ham saqlanyapti.
“Risola dar ilmal-hayʼa” (Astronomiya ilmi risolasi). Samarqandda 1458-yilda fors tilida yozilgan bu asar madrasalarda darslik vazifasini oʻtagan. Ali Qushchi 1473-yilda bu asarini arab tilida qayta ishlab, kengaytirgan va uni “al-Fathiya fi ilm al-hayʼa” deb nomlagan. U turk, fors tillariga ham tarjima qilingan.
Prinston universiteti kutubxonasidagi qoʻlyozmalar:
1.(Islamic Manuscripts, New seriesno1261). Nuqsonli qoʻlyozma, 1218 (1803) yilda koʻchirilgan.
2. (Islamic Manuscripts, New seriesno 251). Qoʻlyozma bir nechta risoladan iborat toʻplam. Risola dar al-hayʼa uning 37b-466 varaqlarida. Koʻchirilgan sanasi va joyi aniq emas.
3. (Islamic Manuscripts, New seriesno.1555). Asar katalogda Kitob-i ilm-i nujum nomi ostida qayd qilingan. Taxminan XV- XVI asrlarga oid qoʻlyozma.