Fuqarolik ishlari bo'yicha Urganch tumanlararo sudining 2018 yil 29 avgustdagi qaroriga asosan SH.SHonazarov (taraflarning ism-familiyasi o'zgartirilgan)dan undiruvchi T.Davletova foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi.
Biroq, ota qonuniy talabga bo'ysunish o'rniga bo'yin tovlay boshladi. Ammo qonunga bo'ysunish, uning ijrosini ta'minlash har bir fuqaro uchun majburiydir.
MIB Urganch tuman bo'limi davlat ijrochisining qarzdorga aliment undiruvidan bo'yin tovlash borasidagi qonuniy jazolar, har qanday sharoitda ham ota o'z mas'uliyatini his etishi xususidagi tushuntirish ishlari o'z samarasini berdi. O'z xatosini tushunib etgan qarzdordan to'lanmay qolgan jami 10.647.599 so'm aliment pullari undirilib, unduruvchiga tilxat orqali topshirildi.
Byuroning Xorazm viloyati bo'limlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog'liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash davom etmoqda.