Fuqarolik ishlari bo'yicha Namangan tumanlararo sudining 2015 yil 16 yanvardagi qaroriga asosan Sanjar Haydarovdan undiruvchi Haydarova Manzura foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Haydarovga karantinli davrda ham voyaga etmagan farzandi uchun aliment mablag'ni to'lab borishi Byuroning Namangan tuman bo'limi davlat ijrochisi tomonidan tushuntirildi. O'z navbatida bugun uyda qolayotgan farzandi moddiy ta'minoti to'lanishi ma'suliyatini anglagan ota 10 mln so'm mablag'ni to'lab berdi.
YOki Namangan tumanida istiqomat qiluvchi Karimov Qayumjondan undiruvchi SHermatova Omina foydasiga 1 nafar voyaga etmagan farzandining moddiy taminoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo'yicha olib borilgan targ'ibott ishlari natijasida qarzdor ota 1.200.000 so'm aliment pullarini naqd xolda to'lab berdi. Bundan tashqari undiruvchining moddiy ehtiyojini hisobga olib Byuroning Namangan tuman bo'limi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilddi.
SHuningdek, olib borilgan tushuntirishlardan keyin qarzdor Dadaxo'jaev Narzillodan undiruvchi Akmalova Karomat foydasiga 5.400.000 so'm, G'affarov Raximjondan esa Siddiqova Umida foydasiga esa 12 mln so'm aliment mablag'lari undirib berildi.
Byuroning Namangan tuman bo'limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog'liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash davom etmoqda.
Ulug'bek Abdurahmonov,
MIB Namangan tuman bo'limi
boshlig'i o'rinbosari