MIB Toshkent shahar boshqarmasining xabar berishicha, FIB M.Ulugʻbek tumanlararo sudining 05.05.2023-yildagi sud buyrugʻiga asosan, qarzdor N.H.dan undiruvchi Sh.H. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman boʻlimiga 08.07.2023-yilda kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Tezkor qidiruv natijasida qarzdor erkak uyining tashqi devori ortidan topilib, unga nisbatan toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-1-moddasiga asosan JIB Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.
Sud qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangandan soʻng, qarzdor erkakning qarindoshlari tomonidan 54 mln. 562 ming soʻm aliment qarzi toʻlab berildi.