Alisher Navoiy ham ana shunday daholardan biridir. Alisher Navoiy o’zining o’lmas asarlari bilan halqimiz qalbiga va yo’liga ziyo bag’ishladi, ongini va ruhini ilm bilan sug’ordi. Davlati va mansabi bilan mamlakatni obod qildi,urush va janjallar yo’liga g’ov soldi,bechora odamlarga yo’rdam berdi.

Ma’lumki sharq tabobati juda qadimiy tarixga ega.Bu tabobatni umumlashtirib, yuqori bosqichga olib chiqqan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bo’ldi. Ibn Sinodan keyin ham tibbiy asarlar yo’zish davom etdi. Aynan Alisher Navoiy asrida yashgan tabiblar asarlarida odam tanasining turli a’zolariga tasvir berilib, uni to’rt bobga bo’lishgan suyak, asab, muskullar va qon tomirlari.”Muqaddima-i dastur ul iloj”nomli kitobda a’zolarning sog’lom va kasal holati, ularni davolash yo’llai ko’rsatilgan,”Zubdat ul kahollin”nomli kitobda esa tashqi belgilardan aniqlanishi mumkin bo’lgan ko’z kasalliklarini va ularni davolash usullari yaratilgan. Alisher Navoiy davrida mashhur bo’lgan xattot Arab Muhammad al Buxoriy “Ziyoiy uyun” ( ko’zlarning nuri) nomli tibbiy ko’chirma asar bo’lib, u to’rtta bob va katta hotimadan iborat bo’lgan bu kabi tibbiyotga bag’ishlangan asarlarni ko’plab keltirish mumkin, chunki Navoiy ham tabobat bilimdoni edi:

Va lekin tibbu hikmat ham erur ho’p,

Ki sihhatdur kishi jismida matlub.

XV va XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindistonda tashkil etilgan Dorushshifolar Navoiyni ham faoliyatiga ta’sir etib, Dorushshifolar tashkil etishga asos bo’ldi, hamda tabobatga bag’ishlangan bir nechta asarlar yaratildi. Navoiy davridagi barcha madrasalarda boshqa diniy va dunyoviy ilimlar qatori tabobat ilmidan ham dars berilgan. Tabobatdan esa Abu Ali ibn Sinoning “Tib Qonunlari” asari o’qitilgan. Alisher Navoiy tabobatning haqiqiy targ’ibotchilaridan biri edi, uning fikricha, kishi hamisha sog’-salomat bo’lishi uchun birinchi galda o’z mijozini bilishi va uni mo’tadil – o’rtacha tutishi lozim. Mijozning buzilishi kasallikni paydo qiladi. Bu o’rinda to’g’ri ovqatlanishni bilish zarurligi, zararli narsalarni yeyish va ichishdan qochish kerakligi, ana shundagina kishi salomat bo’lishini quyidagi baytda ifodalaydi:

Nekim bo’lsa muzir bo’lg’il haroson,

Ki bo’lg’ay ta’binga mushkillar oson.

Nekim bo’lsa mijozingga guvoro,

Anga ko’p mayl qilma oshkoro.

Ya’ni, ovqatlanish qoidasi shuki, kishi to’yib ketmasdan yeyishni bas qilishi, yegan narsasi hazm bo’lmay turib, ustiga yana yeyishi mumkin emasligini, kishi bemor bo’lib yotganida iloji boricha kitob va xat o’qimasligini uqtirib, bemor kishida ishtaha joyida bo’lsa u tuzalib ketishini, biroq sog’lom odamda ishtaha bo’lmasa bu yomonligini aytib o’tadi.

 Alisher Navoiyning ta’kidlashicha kishi badanida to’rtta xilt, ya’ni qon, safro, savdo va balg’am bo’ladi. Shu xiltlardan birortasi oshib ketsa kishi kasalga chalinishi mumkinligini ta’kidlaydi:

Bo’lsa tab ichra xiltdan illat,

Moddiy bo’lsa har nechuk zaxmat.

Bizga ishdur oni iloj etmak,

Tib ila sihhati mijoz etmak.

Alisher Navoiy sharob ichishni keskin qoralayda va sharobning inson salomatligiga zarar ekanligini yozadi. Kimki boda (sharob) ko’p ichsa, unday odamning aql chirog’i tez o’chadi:

Bodaga ko’rguzsa kishi xiyraliq,

Aql chirog’iga berur g’iyralik.

  Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki:

1 Alisher Navoiy tibbiy asarlarni mutolaa qilgan

2 Alisher Navoiy tabobat asoslarini yaxshi bilgan

3 Alisher Navoiyni tabobat faniga qiziqishi, tabiblarni bir yerga yig’ishi, ularning faoliyatiga keng sharoit yaratishi Dorushshifoni tashkil etishiga turtki bo’lgan.  

 Uning fikricha: tabib nozik tabiatli, dono qalbli, va xoziq (shafqat)li bo’lishi kerak. Tabibning davosidan ham avvalroq bemorga uning shirin so’zi va chiroyli muomalasi bo’lishligini, jallod boltasi bilan o’ldirsa, omi tabib dori o’rniga zaxar berish bilan o’ldirishini xulosa qilgan. U Hirotda Dorushshifo ya’ni davolash uyini ochdi. Uni bag’oyat latofatli, qulay binolar orasida kavsar misol bir xovuzdek qurdirdi. Shifoxonada ishlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo’lgan, u yerda bemorlar uchun dori-darmonlar, yeyish uchun obu-ovqatlar muhayyo bo’lgan. G’ariblar ya’ni, uzoqdan kelgan bemorlar ham Dorushshifoda davolanganlar. Dorushshifoda beriladigan ovqatlar tekin bo’libganligi xaqida ma’lumotlar berilgan.

Alisher Navoiy o’z asarlarida tabobat va bu paytda yozilgan tibbiy asarlar va ularning mualliflari xaqida ham qisqacha ma’lumotlar bergan. Dorushshifo tabiblari o’z davridagi Hirot tabobatigina emas, balki o’zga yurtlar va davlatlardagi tabobat fanini rivojlantirishga ham xissa qo’shganlar. Hirot tibbiy maktabida ta’lim olgan yoshlar XVI asr tabobati rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatganlar, ayniqsa nasriy va nazmiy asarlarining muallifi Yusufiy ibn Muhammad ibn Yusuf at- tabib al Haraviyni ko’rsatish mumkin. Uning shuhrati Boburga yetib, xat bilan Hindistonga chaqirtirib olib ketgan edi. Xindistonda Bobur huzurida ham Movarounnahr va Hirotdan borib qolgan bir qancha tabiblar bo’lib, ularning ba’zilari haqida “Boburnoma” da ham ma’lumotlar bor.

So’zimiz muxtasarida buyuk Alisher Navoiy o’z davridagi barcha fanlarni rivojlantirishga homiylik qilish bilan birga, tabobat fanining yuksalishiga ham katta hissa qo’shganligini, uning sa’y-harakati bilan Hirot tabobati boshqa mamlakatlar tabobatidan o’zib ketganligini, bu esa Alisher Navoiyning insonparvarlik g’oyalarining amaldagi ifodasi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tishni istar edik.


Go’yoxon Burxonova,

CAMU xalqaro tibbiyot universiteti

 lotin tili va tibbiy terminalogiya fani

 katta o’qituvchisi