Rochester universitetining fizika va astronomiya professori Adam Frank sun’iy intellekt hech qachon inson ijodkorligini to‘liq takrorlay olmasligini ta’kidladi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt shunchaki inson qo‘lidagi vosita bo‘lib qolmoqda. Astrofizik bu haqda Forbes jurnalidagi maqolasida yozdi, deb xabar berdi korrespondent.net.

Frank zamonaviy sun’iy intellektning imkoniyatlaridan hayratda ekanligini, ammo hech bir tizim inson tafakkurining o‘ziga xosligini takrorlay olmasligiga ishonchi komil ekanligini aytdi.

Inson ijodkorligiga misol sifatida astrofizik yapon musiqiy guruhi Atarashii Gakkoni misol sifatida keltirib o‘tdi. Guruh o‘z ishlarida pank-rok, hip-hop, jazz va zamonaviy xoreografiyani birlashtiradi. Frankning so‘zlariga ko‘ra, bunday loyihalarni noyob qiladigan narsa ularning g‘oyalari va ijodiy yondashuvining noan’anaviyligidir.

Olim sun’iy intellekt foydalanuvchining so‘rovini bajarishi va shunga o‘xshash kontent yaratishi mumkinligini ta’kidladi, ammo bu g‘oyaning o‘zi baribir inson ongida paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, Frank sun’iy intellekt insoniyat uchun yangi imkoniyatlar ochishini va ko‘plab sohalarda kuchli yordamchiga aylanishi mumkinligini tan oldi. Biroq, u texnologiya unumdorlikni oshirish niqobi ostida tobora ko‘proq joriy etilayotganidan xavotirda.