Xususan, ulug' mutaffakir shoir va davlat arbobining xotirasini yil davomida keng miqyosda targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti – TURKSOY tomonidan 2021 yil uchun tayyorlangan yillik kalendarning yanvar` sahifasi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlangan infografika bilan bezatildi.
Kalendar` turkiy tilli mamlakatlarda keng tarqatildi. SHuningdek, TURKSOY kalendarlarining har yilgi sonlarida Alisher Navoiy xotirasi yodga olinib, maxsus sahifalar ajratilishi bo'yicha kelishuvga erishildi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi – Turkiy Kengash doirasida “Alisher Navoiy mukofoti”ni ta'sis etish bilan bog'liq jarayon amalga oshirilmoqda. Xususan, Turkiy Kengash Kotibiyati bilan Alisher Navoiy nomidagi “Turon birligi” mukofotining ta'sis etilishiga oid taklif loyihasi ko'rib chiqilmoqda.
elchixona, shuningdek, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi tadbirlari doirasida Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi, Niyde Omar Xalisdemir universiteti va Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti bilan hamkorlikda qator tadbirlar o'tkazadi.