Jurnalda navoiyshunoslik, shoir adabiy merosining umumjahon tamaddunida tutgan oʻrni va adabiy taʼsir masalalari yoritib boriladi. Jurnal AQSHning Crossref.org tizimiga kiritilgan hamda har bir maqolaga raqam beriladi.
Alloma tavalludining 580-yilligi munosabati bilan jurnalning 1-soni chop etildi.
Ushbu xalqaro elektron ilmiy jurnalga maqolalar oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, turk, tojik kabi tillarda qabul qilinadi. Nashr jahonning turli mamlakatlarida amalga oshirilayotgan navoiyshunoslikka oid tadqiqotlarni yoritib borishga moʻljallangan.