Dunyoning 130 dan ortiq davlatidan 280 nafar delegat ishtirok etgan kongressda rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
FIE prezidentligi uchun kurashda Usmonovga Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg raqiblik qildi. Ovoz berish natijalariga ko'ra A.Usmonov 120, uning raqibi 26 ovoz to'pladi.
Keyingi ikki yilda Gretsiya vakili Emmanuel` Katsiadakis Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE)ning prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.