Mazkur qaror bilan alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.

“Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonun talablariga muvofiq, texnik reglament amalga kiritilishi munosabati bilan unda ko'rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo'yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo'qotadi va belgilangan tartibda qo'llanilishida ixtiyoriylik kasb etadi. SHu jihatdan, “O'zstandart” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda texnik reglament amalga kiritilgunga qadar alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarni qo'llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini ta'minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko'radi.

eslatib o'tamiz, texnik reglament rasman e'lon qilingan kundan boshlab o'n sakkiz oy o'tgach amalga kiritiladi.