баннер
16 Apr 2025
22:51

    “Aloqabank“ ATning Angor tuman xizmat koʻrsatish markazi jarimaga tortildi

    Raqobat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Aloqabank“ ATning Angor tuman xizmat koʻrsatish markazida oʻrganish ishlari olib borildi.

    Oʻtkazilgan oʻrganish davomida “Aloqabank” ATning Angor tuman xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik holatlari aniqlangan.

    Yuqoridagi holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Aloqabank” ATning Angor tuman xizmat koʻrsatish markaziga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.

    Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech