50 yildan ortiq tarixga ega “Yubileyniy” sport majmuasi ikki yil davom etgan mukammal taʼmirlash ishlaridan keyin “Alpomish” nomi bilan yana qad rostladi.

Loyihaning umumiy maydoni 8 ming kvadrat metr, 6 ming oʻringa ega boʻlib, eng zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan sport inshootiga aylantirildi.

Muz saroyida xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling boʻyicha musobaqalar oʻtkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan tashqari, muhtasham muz saroyida sport ixlosmandlari uchun turli oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.