Fibronektin 1 (FN1) genining himoya varianti amiloidning toksik shakllarini gematoensefaliya to'sig'i orqali miyani tark etishiga imkon beradi. Amiloidning paydo bo'lishi Alsgeymer kasalligining boshlanishini ko'rsatadi, ammo kasallikning belgilari miyada ularning to'planib qolishi tufayli o'zini namoyon etadi.

Fibronektin gematoentsefaliya to'sig'ining tarkibiy qismi bo'lib, miya qon tomirlarini o'rab turgan va miya ichidagi va tashqaridagi moddalarning harakatini nazorat qiluvchi membranadir. Odatda u juda oz miqdorda mavjud, ammo Alsgeymer kasalligi bilan og'rigan odamlarda uning ishlab chiqarilishi ortadi. Fibronektinni kodlovchi genning yangi varianti ushbu komponentning ortiqcha to'planishini oldini oladi.

Tajribalar hayvonlarda fibronektinni kamaytirish amiloid klirensini oshirib, Alsgeymer kasalligidan kelib chiqadigan boshqa zararlarni kamaytirishini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Olimlarning ta'kidlashicha, olingan natijalar fibronektinga asoslanagn davolash usuli odamlarda kasallikning rivojlanishini to'xtatishi mumkinligini ko'rsatmoqda.