Tajribada neyrodegenerativ kasallikka taqlid qiluvchi kemiruvchilar neyronlaridan foydalanildi. Mdm2 oqsilini nutlin deb nomlanuvchi eksperimental saratonga qarshi dori vositasi bilan nishonga olish Alsgeymer kasalligi tiqinlarini hosil qiluvchi neyrotoksik amiloid-β peptidlarini to'xtatadi va dendritik tikanlar yo'qolishi orqali sinapslarni bartaraf etadi.

Dendritik tikanlar, bu – dendritlardan tashqariga chiqadigan va sinapslar orqali aksonlardan nerv signallarini qabul qiladigan proyeksiyalar. Ortiqcha dendritlarni kesish biologik neyrotarmoqning samaradorligini oshirish uchun odatiy jarayondir, ammo Alsgeymer kasalligida sinapslarning yo'qolishi g'ayritabiiy darajada tezlashadi.

Olimlarning keyingi qadami Mdm2ni to'sib qo'yish kasallikning rivojlanishiga to'sqinlik qila oladimi yoki yo'qligini tekshirish uchun hayvonlar modellaridan foydalanish bo'ladi. Mdm2ga qaratilgan dorilar allaqachon ishlab chiqilgan va saraton kasalligiga qarshi klinik sinovdan o'tkazilmoqda, ammo hali ham AQSh oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasining ruxsatini olmagan, deb xabar beradi lenta.ru.