Xabarlarga ko'ra, erkak yanvar oyi oxirida vafot etgan. Marhum o'rmonzorda yolg'iz yashagan, immuniteti zaif bo'lgan, ekspertlarning fikricha, uning o'limiga virus sabab bo'lgan.
Virusning maymun chechagi bilan umumiy xususiyatga ega ekani qayd etilgan. Kasallik tashuvchilari mayda sutemizuvchilar, shu jumladan, sichqonlardir.
“2015-yildan buyon virusning qayd etilishi bilan bog'liq yettita holat aniqlangan, ularning barchasi Alyaskada”, deyiladi USA TODAY gazetasida.
Jurnalistlarning yozishicha, virusni yuqtirganlarning hech biri AQSh hududini tark etib, boshqa davlatlarga bormagan.
Alaskapox Poxviridae oilasining Orthopoxvirus turiga mansub virus. Alyaska Sog'liqni saqlash departamenti ma'lumotlariga ko'ra, Alaskapox teri yaralarini keltirib chiqaradi, odamlar ulardan bir necha hafta ichida forig' bo'ladi. Bemorlar, shuningdek, bo'g'imlarda va mushaklarda og'riqni boshdan kechirishadi, limfa tugunlarining kengayishi sodir bo'ladi, deb xabar beradi korrespondent.net.