Prezidentimizning “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida muhim qadam boʻldi.

Qarorda belgilangan muhim jihatlardan yana biri shundan iboratki, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, xoʻjalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar oʻzlariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarida kimyo va biologiya yoʻnalishlarida samarali oʻquv jarayonini taʼminlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, sohadagi yetuk mutaxassislar rahbarligida diplomoldi amaliyotlarni oʻtash, talaba va professor-oʻqituvchilarni laboratoriyalardan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish uchun sharoit yaratish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda amaliy rahbarlikni amalga oshirish, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

Bu jarayonda, albatta, amaliy mashgʻulotlarga katta eʼtibor berish lozim. Faqat nazariya bilan cheklanib qolmaslik kerak.Amaliyot bilan nazariya uygʻunlashsagina mustahkam bilim olish mumkin. Shu bois, maktablarda laboratoriyalarga jiddiy eʼtibor qaratish zarur.Maktabda oʻquvchilar agar laboratoriya uskunalari bilan bevosita ishlasa, tajribalar oʻtkazsa va ularning samarasini oʻz koʻzi bilan koʻrsa, oʻsha dars va fanni chuqur tushunadi hamda oʻzlashtiradi.

Sarvar BABAXODJAYEV,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilganmaktablarni rivojlantirish agentligi direktori