Foto: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Matbuot xizmati
Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi oʻtkazildi.
Nukus shahri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.