Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar, jamoatchilik vakillari, vazirlik, idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisini saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining birinchi sessiyasida saylangan Oqsoqollar kengashining majlisi oʻtkazilib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi lavozimiga 57-sonli “Berdaq” saylov okrugidan deputat Orinbayev Amanbay Tleubayevich nomzodi tavsiya etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan sessiyada yashirin ovoz berish yoʻli bilan 57-sonli «Berdaq» saylov okrugidan deputat Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi etib saylandi. Deputatlar bu boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.
Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga F.Ermanov nomzodi taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda sessiyada F.Ermanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi etib tayinlandi.
Deputatlar bu boʻyicha tegishli qaror qabul qildi.