Bu haqdagi kompaniya bayonotiga koʻra, robot odamlar bilan muloqot qila oladi hamda omborxonadagi tovarlarni javonlarga joylash, tashish va shu kabi boshqa yumushlarni bajarishi mumkin.
“Amazon Robotics” bosh texnologi Tay Bredi aytishicha, hozircha bu tajriba “Agility” tomonidan ishlab chiqarilgan Digit, laqabli robotni sinovdan oʻtkazishning dastlabki bosqichi.
“Uni takomillashtirish va ish jarayonidagi samarasini oshirish maqsadida tahliliy ishlar olib borilmoqda”, deydi mutaxassis.