Gap shundaki, Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ilk bor oʻzbek tilidagi qoʻllanma ishlab chiqildi.

Qoʻllanma ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qism platformaning imkoniyatlari, savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish shartlari kabi mavzular haqida maʼlumotlar berilgan.

Qoʻllanmaning ikkinchi qismi esa Amazon.com elektron savdo platformasida sotuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtish, platformaning mavjud tariflari, maʼlumotlarni kiritish tartibi, zarur hujjatlar haqida toʻliq va batafsil maʼlumotlar mavjud.

Amazon.com platformasi boʻyicha yangiliklarni kuzatishda davom eting. Yaqin kunlarda platformada savdo-sotiq jarayonlarini kengaytirish va toʻgʻri yoʻlga qoʻyish haqidagi qoʻllanmani taqdim etamiz, deyiladi Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabarida.