Qadimiy shahar o'rni faol optik tizimlar – uzoqdagi obyektlar to'g'risida ma'lumot olish va qayta ishlash texnologiyasi – LIDAR yordamida aniqlandi.

Tadqiqotning yetakchi muallifi, Braziliya milliy koinot tadqiqotlari instituti xodimi, masofadan zondlash bo'yicha olim Vinisius Peripatoning qayd etishicha, Amazonka o'rmonlari ostidagi yerning so'nggi ko'rinishi Kolumbiyagacha bo'lgan inson faoliyati belgilarini ko'rsatmoqda.

Olimlar Amazonkaning janubida mudofaa va marosim hamda boshqa inshootlariga ega bo'lgan manzilgoh topilganini aytishmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, janubiy Amazonkada bir vaqtlar o'n minglab odamlar istiqomat qilgan qishloq bo'lgan. Olimlar yo'llar tarmog'i bilan bog'langan bozor maydoni izlarini topishdi va bu yo'l tarmog'i qadimgi Yevropa yo'llari bilan be'malol raqobatlasha oladi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, ilgari bu yerda 10 000 dan 24 000 gacha binolar bo'lgan, ular hali ham qatlamlar ostida saqlanib qolgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.