Qoyatosh rasmlari ko'p yillar davomida Negro daryosi ostida bo'lgan. Ammo 2023-yil sentabrida uning sathi so'nggi 120 yildagi eng past darajaga tushdi.

Rasmlar Prayya-das-Layesh deb nomlangan joydan topilgan. Gravyurlarning ko'pchiligida odam yuzlari tabassum yoki ma'yus ifodalar bilan tasvirlangan. Ularni o'rganish bizga ushbu mintaqada yashagan birinchi odamlarning madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.