Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Firibgar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga tushgan.

    Gap shundaki, Jahon tillari universiteti talabasi B.J. va boshqalar fuqaro E.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.