O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurgan missiya delegatsiyasi logistika, savdo va investitsiya loyihalariga ixtisoslashgan yirik kompaniyalar vakillaridan iborat.

Muzokaralar davomida AQSh va Meksikaning O‘zbekistondagi qo‘shma sarmoyaviy va eksport loyihalarini amalga oshirish hamda savdo hajmini kengaytirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Bekzod Mamatqulov savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida, AQSh va Meksika bozorlarida yuqori talabga ega bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari va za’faron eksportini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

AQSh va Meksika ishbilarmon doiralari vakillari jahon bozorini muvaffaqiyatli zabt etib kelayotgan BMB Za’faron milliy brendining sifatli za’faron mahsulotiga alohida qiziqish bildirdi.

Uchrashuvda janob Mauritsio Amerika-Meksika savdo palatasi BMB Trade Group kompaniyasi manfaatdor ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni qisqa vaqt ichida o‘rnatish uchun barcha mavjud resurslarni taqdim etishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Umuman olganda, muzokaralar konstruktiv va ishbilarmonlik ruhida o‘tgan bo‘lib, erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston, Meksika va AQSh ishbilarmon doiralari o‘rtasida barqaror va o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.