Amerikaga viza olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Sirdaryo viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tumani boʻlimi tomonidan fuqarolarni noqonuniy tarzda chet davlatlarga yuborishning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. fuqaro Sh.X.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollari va 26 mln soʻm pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.