Michiganlik Temmi Karvi o'z omadini sun'iy intellektga ishonishga qaror qildi va u haq bo'lib chiqdi. Ayol ChatGPTdan o'zi uchun lotereya raqamlari to'plamini tanlashni so'radi va bu unga 100 ming dollarlik sovrinni yutish imkonini berdi.
“Men shunchaki ChatGPTdan raqamlar kombinatsiyani taklif qilishni so'radim. Men ularni chiptaga kiritdim – mana natija!”, deya izohladi u.
Ayolning qo'shimcha qilishicha, u dastlab 50 000 dollar yutdim deb o'ylagan, biroq keyin lotereya natijalarini qayta ko'rib, undan ikki baravar ko'proq yutuqni qo'lga kiritganini ko'rgan.
“Erim va men butunlay shokda edik”, dedi g'olib.
Kervi bu pulni ipoteka kreditini to'lash va jamg'armasini yaratish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda.
Lotereya rasmiylarining ta'kidlashicha, bu ishtirokchining yutuqli kombinatsiyani tanlash uchun sun'iy intellektdan foydalanganini ochiq tan olishi bilan bog'liq birinchi qayd etilgan holat, deb xabar berdi oxu.az.