“Yaxshi, men uning taqiqlanmasligi uchun TikTokni sotib olaman”, deb yozdi u X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.
Biroz vaqt o'tgach, bloger ushbu xabardan keyin “ko'plab milliarderlar u bilan bog'langanini” aytdi. “Keling, buni qila olamizmi, ko'ramiz”, deb qo'shimcha qildi Donaldson.
MrBeast hozirda uning YouTube kanalida 343 million obunachiga ega. Bu videoxostingdagi eng katta kanal.
2024-yil aprel oyida AQShning amaldagi Prezidenti Jo Bayden TikTokni uning egasi Xitoyning ByteDance kompaniyasi 2025-yil 19-yanvargacha AQShdagi biznesini sotmasa, mamlakatda uni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Ayni paytda AQSh Oliy sudi qonunni qo'llab-quvvatlash yoki qilmaslik to'g'risida qaror qabul qilmoqda, deb xabar beradi rbc.ru.