Topilma Skandinaviya dengiz iloni va Valxalla shahri sharafiga Jormungandr walhallaensis deb nomlangan bo'lib, mazkur shahar yaqinida uning qoldiqlari topilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, topilgan mozazavrning uzunligi 24 fut (7,5 metr). Uning suzgichlari va dumi bo'lgan, ular akulanikiga o'xshaydi. Mozazavrning dumi tanasidan kaltaroq bo'lgan.
Jormungandr walhallaensisning kashf etilgani olimlarga mozazavrlarning evolyutsiya jarayoni haqida qimmatli ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Ushbu hayvonlarning turli shakllari va xususiyatlarini o'rganish orqali olimlar ularning bir-biri bilan munosabatlarini tushunishlari mumkin. Yangi tur mozazavrga mansub bo'lib, 80 million yil oldin mavjud bo'lgan.
Mozazavrlar – kech bo'r davrida mavjud bo'lgan yirik yirtqich suv dinozavrlari. Mozazavr birinchi marta 200 yildan ko'proq vaqt oldin kashf etilgan. Biroq mozazavrlarning hayoti bilan bog'liq ko'plab savollar hali ham javobsiz qolmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.