Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan qoʻyilayotgan cheklovlar Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh koʻchalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohkoʻchalari chegarasida joylashgan xiyobon maydonining oʻziga taalluqli boʻladi.
Ishlar davomida piyodalar yoʻlaklari qoplamasini taʼmirlash va yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari hamda sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yangilangan sugʻorish tizimi suvdan samarali foydalanish imkonini beradi va yashil maydonlarni yanada yaxshiroq parvarish qilishga xizmat qiladi.
Maʼlum qilinishicha, obodonlashtirish jarayonida birorta daraxtga zarar yetkazilmaydi. Aksincha, qoʻshimcha koʻchatlar ekish va yashil hududlarni kengaytirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tutash koʻchalarda avtotransport harakati va yoʻl boʻyida toʻxtash imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi. Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlari chiqish yoʻllari ham vaqtincha yopiladi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraladi va fuqarolardan tushunish soʻraladi.