Qayd etilishicha, bir guruh namoyishchilar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 18:00 da maydonga yig'ilgan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va bir necha bor namoyishchilarni Amsterdam hukumati tomonidan avvalroq namoyishlarni taqiqlagani sababli shahar markazini tark etishni so'ragan. Biroq 200 nafardan ortiq odam huquq-tartibot idoralari xodimlarining talablariga bo'ysunmay, Dam maydonida qolgan.
Qirollik politsiyasining aniqlik kiritishicha, 265 kishi norozilik namoyishlarini o'tkazishga taqiqni buzgani uchun hibsga olindi. Sakkiz nafar faol “jamoat tartibini buzilishi yoki badanga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni olib yurgani uchun” qo'lga olindi. Bundan tashqari, to'rt nafar namoyishchi zo'ravonlik, vandalizm, bezorilik va politsiya buyrug'iga bo'ysunmagani uchun hibsga olindi, deb xabar beradi tass.ru.