Ushbu muammoni hal qilish usullaridan biri, yer osti velosiped turargohlarini qurish sanaladi. Yaqinda Amsterdamda Markaziy vokzal yaqinida ulkan yer osti veloturargoh qurilishi yakunlandi. Uning oʻziga xosligi shundaki, u nafaqat yer ostida, balki suv ostida ham joylashgan.
Amsterdam meriyasi piyodalar uchun qulayroq boʻlishi, old hovlini koʻplab velosipedlar toʻxtash joylaridan holi qilish uchun shunday qadam tashladi. Umuman olganda, ikkita shunday avtoturargoh qurish rejalashtirilgan.
wUrec studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha 2018-yilda boshlangan. U Max Bögl guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihaga koʻra, avtoturargoh Prins Xendrikkade va Steyshenzeylandning ochiq bandargoh yuzasi ostida, 9 metr chuqurlikdan joy oldi.
Birinchi er osti va suv osti velosiped toʻxtash joyi 7000 velosipedga moʻljallangan. Bugungi kunda u Niderlandiya poytaxtidagi eng katta turargoh hisoblanadi. Fevral oyida Ij Boulevard mehmonxonasi yonida 4000 ta transport vositasi joylasha oladigan ana shunday turargohning ikkinchisi ochiladi.