Amsterdamdagi futbol o'yinidan so'ng isroillik muxlislarga hujum uyushtirildi

    Hodisa stadion binosidan chiqishda yuz berdi, deb xabar bermoqda Ynet portali.

    Yevropa ligasi doirasida Amsterdamda mahalliy “Ayaks” va Tel-Avivning “Makkabi” klublari o'rtasidagi futbol o'yinidan so'ng isroillik muxlislar hujumga uchradi.

    Bu haqda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon X (oldingi Twitter) orqali xabar berdi.

    “Biz Niderlandiya ko'chalarida isroilliklar va yahudiylarga qarshi o'ta zo'ravonlik haqida juda xavotirli xabarlarni olyapmiz. 2024-yilda Yevropada zo'ravonliklar sodir bo'lmoqda. Bu biz kurashayotgan radikal terrorizm tarafdorlarining haqiqiy yuzi. Falastinliklar va ularning tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan zo'ravonlikni BMT tomonidan zudlik bilan va so'zsiz qoralash vaqti keldi, Niderlandiya hukumati terrorizmga qarshi zudlik bilan qat'iy choralar ko'rishi kerak”, dedi diplomat kiyimlariga Falastin davlatining ramzlari tushirilgan odamlarning hujumi aks etgan videoni joylashtirgan holda.

    Isroilning Ynet axborot portalining xabar berishicha, hodisa stadion binosidan chiqishda sodir bo'lgan. Kamida besh muxlis pichoqlangan, ba'zilarini o'tib ketayotgan avtomobil urib yuborgan, deb xabar beradi tass.ru.

    Isroil Bosh vaziri Bin`yamin Netan`yaxu Amsterdamdan isroilliklarni evakuatsiya qilishni buyurdi. “Bosh vazir fuqarolarimizga yordam berish uchun ikkita qutqaruv samolyotini zudlik bilan jo'natishni buyurdi”, deb xabar berdi Bosh vazir devoni.