Mazkur film yetuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli hayoti va ijodi haqida.
Film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda, deya xabar qiladi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati. “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.










