Joriy yilning birinchi choragida Tuyamoʻyin suv ombor sathida ham vanihoyat biroz yuqorilash kuzatildi. Bu haqda doktorant (Phd) E.Abdulahatov Meteojurnalga tayanib, oʻzining telegram kanalida xabar bermoqda.
Yuqoridagilarga asoslanib, Amudaryoda bu yil oʻtgan yildagi kabi suv tanqisligi kutilmaydi. Suv oqimi oʻrtacha qiymatlarga yaqin boʻladi.
Tuyamoʻyin suv omborida ham biroz suv sathi yaxshilanadi. Shunga qaramay, bu meʼyoriy darajaga ham bormaydi. Shu sabab, Amudaryo quyi oqimida oʻrta oqimidan farqli ravishda suv tanqisligi baribir saqlanishi mumkin.