Taʼkidlanishicha, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hududidan oqib oʻtuvchi Amudaryo daryosi qirgʻoqlari Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. X. Qoʻldoshev boshchiligida Respublika Hukumat komissiyasining ishchi guruhi daryo qirgʻoqlarini mustahkamlash va damba tiklash boʻyicha tegishli muhandislik-muhofaza ishlarini olib bormoqda.
Xususan, ushbu tadbirlarga FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralarning 365 nafar ishchi va xodimi hamda 87 ta maxsus texnika vositasi jalb etilgan boʻlib, ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqinlarining oldini olish va qirgʻoqlarini mustahkamlash maqsadida 1386 m³ beton boʻlaklari va 2400 m³ tuproq bilan koʻmish ishlari amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, respublikamiz boʻylab hududlarda belgilangan dastur asosida soylar va daryolarda qirgʻoqni mustahkamlash tadbirlari olib borilmoqda.