Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Toshkentdagi "JAR” sport majmuasida oʻtkaziladigan musobaqada 20 ga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan yurtimizga xorijlik faxriy mehmonlarning tashrifi boshlandi. Jumladan, bugun – 12-may kuni tunda yurtimizga Jahon anʼanaviy karate federatsiyasi texnik direktori, Jahon Budo karate assotsiatsiyasi prezidenti Radek Yanush yetakchiligidagi delegatsiya yetib keldi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Shaxrulla Mahmudov, Oʻzbekiston anʼanaviy karate-do federatsiyasi raisi Zarif Boltayev va boshqalar kutib oldi.

Ertaga, 13-may kuni mazkur chempionat oldidan matbuot anjumani, texnik komissiya yigʻilishi kabi qator tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.