Anʼanaviy "Prezident sovgʻasi” karvoni yoʻlga tushdi

    Ijtimoiy hayot 25 Dekabr 2023 1430

    “Prezident sovgʻasi” tarkibiga davlat rahbarining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovgʻalar kiritilgan.

    Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovgʻasi” karvonlari hududlarga joʻnab ketmoqda.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovgʻasi” tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovgʻalar kiritilgan.

    Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovgʻalari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

    “Prezident sovgʻasi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.