Tanlovning murosasiz final bosqichi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida bo'lib o'tgan edi. Yakuniy natijalarga ko'ra, turli yosh toifalarida eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar mutlaq g'olib deb topildi.

G'oliblar:

  • 10–14 yosh toifasida — Nosirova Farzona Nasimovna (Buxoro viloyati);
  • 15–19 yosh toifasida — Abdug'affarov Jasurbek Dunyoiddin o'g'li (Jizzax viloyati);
  • 20–30 yosh toifasida — Diyorova Fazilat Mamasaid qizi (Surxondaryo viloyati).

Ta'kidlanishicha, mamlakatda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib, "Yosh kitobxon" tanlovi yoshlarni ilm-fan va ma'rifatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda g'oliblar, ularning ota-onalari hamda ustozlari samimiy tabriklanib, ilm-ma'rifat yo'lidagi muvaffaqiyatlari e'tirof etildi.