Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Anapa bandargohida 100 kvadrat metr suv maydoni sorbent bilan tozalandi, 4 tonna neft saqlovchi suyuqlik yig'ildi”, deyiladi xabarda.
Hududda 6000 ga yaqin kishi va 250 dan ortiq texnika ishlayapti.
Avvalroq 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar ham qirg'oqni mazutdan tozalash ishlariga qo'shilgani ma'lum bo'lgan edi.
15-dekabr kuni Kerch bo'g'ozidagi bo'ron tufayli “Volgoneft 212” va “Volgoneft 239” tankerlari shikastlangan edi. Kemalar 9,2 ming tonna mazut tashiyotgan edi, neft mahsulotlari Qora dengizga to'kildi. Anapa ma'muriyati favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar beradi rbc.ru.